La Liga moliyaviy feyr-pley qoidalarini biroz yumshatdi, endi klublarning yangi kelganlarni ro'yxatga olishi biroz osonlashadi.
"Barselona" ish haqi fondini kamaytirish bo'yicha faol ishlarni davom ettirmoqda. Endilikda asosiy jamoa fondining hajmi 386 million evroni tashkil etadi, deb yozadi Marca.
Nashr jurnalistlarining ta'kidlashicha, ularda kataloniyaliklarning moliyaviy ahvoli haqida ma'lumotlar bor. Hozirgi miqdorni ikki yil oldingi bilan solishtirganda, muxbirlar ishonch bilan aytishlari mumkinki, "ko'k-anorranglilar"ning hozirgi rahbariyati xarajatlarni kamaytirish bo'yicha jiddiy ish qilgan. Ammo kataloniyaliklarda hali ham ish haqi fondining oshishiga ta'sir qiluvchi ikkita jiddiy muammo bor.
1. "Barselona" sektsiyalari
Ayollar futbol jamoasi, basketbol va gandbol jamoalari ham kataloniyaliklar pul sarflaydigan katta brend ekanligini unutmaslik kerak. Marca xabariga ko'ra, "Barsa" ushbu bo'limlarga 91 million evro sarflaydi, bu esa maoshlar hajmini 477 million evroga oshirib yuboradi.
2. Ijaraga olingan futbolchilarni qaytarish
1 iyul kuni boshqa klublarda ijara asosida o'ynagan futbolchilar Kataloniya jamoasi bazasiga qaytdi. Bu futbolchilarning maoshi uchun klub 54 million evro ajratadi va shu tariqa "Barsa"ning maosh fondini 531 million evroga oshishi kutilmoqda.
Aynan shuning uchun kataloniyaliklar tezroq jamoaga qaytgan futbolchilar bilan xayrlashishga intilmoqda. "Ko'k-anorranglilar" allaqachon Umtiti bilan xayrlashgan, klubni tark etish uchun navbatdagi nomzod Lengle bo'lishi mumkin. Diario Sport jurnalistlari "Tottenxem" Klemanni sotib olishiga ishonmoqda.
Oldinda hali ko'p ishlar bor, Laporta va uning jamoasi buning uddasidan chiqa oladimi?
3-Iyul 2023,19:00