Joan Laporta "Barselona"ning qarzini kamaytirish rejalarini oshkor qildi.
"Kelgusi yil oson bo'lmaydi. Biz “Kamp Nou”ning yarmiga teng bo'lgan yangi stadionga ko'chib o'tmoqdamiz. Bu daromadning qisqarishiga olib keladi, ammo biz yangi homiylar topish orqali yo'qotishning o'rnini qoplashga harakat qilmoqdamiz.
Keyingi mavsum uchun homiylik byudjeti allaqachon 95 foizga shakllangan, ammo biz bundan ham ko'proq daromad olishimiz mumkin.
Biz stadion byudjetini va kutilmagan xarajatlarni qisqartirmoqchimiz, aslida bu sodir bo'lmoqda.
Biz aytganimizdek, 1,1 milliard evro bo'lgan qarz miqdorini kamaytirish ustida qattiq ishlayapmiz. O'ylaymanki, agar hammasi yaxshi bo'lsa, 960 million yoki hatto 930 millionlik marrani zabt etamiz”, — dedi "Barselona" prezidenti.
3-Iyul 2023,23:30