Usmon Dembele bugun "Barselona"ni tark etishi mumkin, chunki "PSJ" uning tovon pulini to'lashga tayyor.
Agar frantsuz hozir ketsa, "Barsa" bozorda unga teng keladigan futbolchi topa olmasligi va transfer oynasi yopilguncha ro'yxatdan o'tkaza olmasligi mumkin. Vaholanki, Xavi jamoasida Dembelening ketishi og'riqsiz bo'lishi uchun etarlicha o'yinchilar bor.
Usmon ketgan taqdirda Xavining "Barsa"si qanday ko'rinishda bo'lishi haqida ikkita variant bor.
Variant 1. 4-3-3
Ter Shtegen; Balde, Martines, Arauxo, Kunde; Romeu, Frenki, Pedri; Fati, Levandovski, Rafinya
Rafinya bu tarkibda Dembeleni almashtiradi.
Xavi yarim himoyada Romeu, Frenki va Pedri kabi uchta futbolchi bilan o'ynay oladi. O'tmishda "Barselona"ning bu tartibda qanday o'ynaganiga va g'alabalarga erishganiga bir necha bor guvoh bo'lganmiz.
"Barselona" Ispaniyada eng yaxshi himoyaga ega, hozirda Xavi birgina markziy himoyachi pozitsiyasida Arauxo, Kunde, Kristensen, Inigo Martines kabi futbolchilar bor.
Variant 2. 4-4-1-1
Ter Shtegen; Balde, Kristensen, Arauxo, Kunde; Frenki, Gyundogan Pedri, Gavi, Abde/Rafinya; Levandovski.
Bu holatda "Barsa" maydonga to'rtta yarim himoyachi bilan kiradi, Abde va Rafinya o'ng qanotni bo'lishishadi.
Biz Xavining to'rtta yarim himoyachi bilan muhim g'alabalarni qo'lga kiritganini ko'rdik, so'nggi misol "klasiko"da "Real"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Bu tizimda Gavi chap yarim qanotdan, Frenki, Gyundogan va Pedri esa markazdan joy olishi mumkin.
31-Iyul 2023,21:00