Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, frantsiyalik parijliklar bilan 2028 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma tuzgan.
Oldinroq uning transfer summasi 50 million evroni tashkil qilishi xabar qilingandi.
Dembele o'tgan mavsum kataloniyaliklar safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.