Xavi va Rafinya Dias 2 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.
"Barselona"ning 43 yoshli murabbiyi La Liganing 1-turi doirasida "Xetafe"ga qarshi o'yinda (0:0) hakamlar bilan bahslashgani uchun qizil kartochka oldi.
Xavi maydondan chetlatilgani uchun ikkita o'yinga diskvalifikatsiya qilindi. Ko'rinishidan, murabbiy chetlatilganidan keyin tribuna ostidagi tunnelda qolgani uchun qo'shimcha diskvalifikatsiyadan qutulib qolgan.
Xavi o'yindan keyin Sezar Soto Gradoning hakamlar guruhiga qarata aytgan so'zlari uchun ham jazodan qutulib qoldi. "Barselona" bosh murabbiyi hakamlar ishini "mutlaqo sharmandalik" deb atadi.
Gaston Alvaresga tirsak bilan zarba bergani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgan kataloniyaliklar vingeri Rafinya ham ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Shu tariqa, Xavi va Rafinya "Kadis" va "Vilyarreal" jamoalariga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
16-Avgust 2023,21:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0