Alonso "Barselona"ni tark etish niyatida emas
"Barselona" himoyachisi Markos Alonso uning shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsumda La Ligada ro'yxatdan o'tkazilishiga ishonmoqda, deb xabar berdi "Mundo Deportivo".
Manbaga ko'ra, ispaniyalikning kelajagi klub rahbariyatining moliyaviy feyr-pleyga qanchalik rioya qilishiga bog'liq. Qayd etilishicha, "Barselona" bosh murabbiyi Xavi Alonsodan futbolchi sifatida to'liq qoniqish hosil qiladi. Futbolchining o'zi ham klubga ishonadi va yangi jamoa izlamoqchi emas.
"Barselona" hali La Liganing yangi mavsumi uchun o'yinchini ro'yxatdan o'tkazmagan, shu sababli futbolchining kelajagi noma'lum.
32 yoshli ispaniyalik futbolchi o'tgan yozda erkin agent sifatida "Chelsi"dan "Barselona"ga o'tgandi. Futbolchining kelishuvi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchining transfer narxi 5 million evroni tashkil qiladi.
Alonso o'tgan mavsum La Ligada 24 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (297/+0)
Yangiliklar (32247/+17)
UzFIFA Yangiliklari (07.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (07.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1745)
Eng ko'p o'qilgan
4-Aprel
17:10
09:00
16:50
"Real" futbolchilari: "Barsa" bilan o'yinda 60-daqiqagacha chidasak bo'ldi!
O'qildi: 123 - Fikirlar: 0
O'qildi: 123 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)