«Manchester Siti» himoyachisi Joau Kanselu tez orada «Barselona»ga o'tishi mumkin.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, kataloniyaliklar futbolchini sotib olish optsiyasi bilan ijaraga olish borasidagi fikrlarini o'zgartirgan.
Ayni paytda «Barselona» Kanselu borasidagi fikrini o'zgartirdi. Endi «Barsa» moliyaviy Fair Play bilan bog'liq muammolarni bartaraf etish uchun portugaliyalikni faqatgina ijaraga olmoqchi.
Kanselu 2022/23 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida «Bavariya»da o'tkazdi. Himoyachi myunxenliklar safida 21 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shartnoma yakunida «Bavariya» sotib olish optsiyasini faollashtirmaslikka qaror qildi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 50 million evroni tashkil qiladi. Kanseluning «Man Siti» bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.
31-Avgust 2023,09:30