"Barselona" dunyoning eng yaxshi iqtidorlarini o'ziga jalb qiladi, klubning transfer bozorida g'alabalari ham, muvaffaqiyatsizliklari ham bor.
Ba'zi kelishuvlar ajoyib bo'lsa-da, boshqalari umidsizlikka uchrashi mumkin. Keling, Kataloniya klubining eng qimmat transferlarining ijobiy va salbiy tomonlarini ko'rib chiqaylik.
Zlatan Ibrahimovich (69,5 mln evro)
Ibrahimovich 2009 yilda “Barselona” tarkibiga qo'shilganida, u allaqachon Evropaning eng yaxshi hujumchilaridan biri edi. Shvetsiyalik futbolchini "Kamp Nou"ga olib kelish uchun "Barsa" Samuel Eto'Odan voz kechishi kerak edi.
Zlatan Kataloniyada o'zini ajoyib tarzda ko'rsatishni boshladi, ammo u va Pep Gvardiola o'rtasidagi munosabatlar tezda buzilib ketdi. The Guardian nashrining yozishicha, ular deyarli gaplashmagan. “Barselona” Chempionlar ligasi yarim finalida “Inter”dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng kiyinish xonasidagi qizg'in bahsdan so'ng hujumchi sobiq murabbiyini “umurtqasiz qo'rqoq” deb atadi.
Zlatan "Milan"ga ketishdan oldin Ispaniyada atigi bir mavsum o'tkazdi.
Frenki De Yong (75 million evro)
2018/19 yilgi mavsumda De Yong futbol olamini zabt etdi: “Ayaks” Chempionlar ligasiga yo'l oldi va yarim finalga chiqdi.
Niderlandiyalik yarim himoyachi - jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xagning mahorati evaziga "Barsa"ning qiziqishiga sabab bo'ldi.
Frenki 2022/23 yillarda Xavi unga ko'proq erkinlik berganidan so'ng ochila boshladi, bungacha futbolchining "Barselona"dagi ishlari unchalik yaxshi emas edi. Hozirda De Yong ajoyib o'yinlari va Niderlandiya terma jamoasiga qo'shgan hissasi tufayli Evropaning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri sifatida e'tirof etiladi.
Luis Suares (82 mln evro)
2013/14 yil Suaresning Premer-ligadagi eng yaxshi mavsumlaridan biri bo'ldi. "Barselona" uni o'z safiga chaqirganida esa "Liverpul" hujumchini saqlab qolish imkoniyati kam edi.
Kataloniyadagi birinchi mavsumida hujumchi Lionel Messi va Neymar bilan ajoyib trio tuzdi va "Barselona"ga Chempionlar ligasini yutishiga yordam berdi.
Urugvaylik futbolchi "Barsa" tarkibida La Ligadagi eng kuchli "to'qqizlik" hujumchilaridan biri edi. U 283 o'yinda 195 ta gol urib, "ko'k-anorranglilar"ni jamoaning uchinchi eng ko'p to'purari sifatida tark etdi.
Neymar (88 mln evro)
Futbol ishqibozlari mexrini zabt etgan braziliyalik yosh vinger “Real” va “Chelsi” qiziqishlariga qaramay, “Barselona”ga o'tishga qaror qildi. 2013 yilda esa u orzusini amalga oshirdi.
"Barselona" Neymar uchun kutilganidan ham ko'proq pul to'ladi, ammo jamoada o'tkazgan ajoyib to'rt yil orqali o'ziga kiritilgan sarmoyani oqladi.
Neymar Kataloniyada 186 ta o'yinda maydonga tushib, 2017 yilda Parij klubiga rekord darajadagi transfer evaziga yo'l oldi. "Barselona"da u 105 ta gol urdi va 76 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Antuan Grizmann (120 mln evro)
Kataloniya klubining omadsiz xaridlaridan biri.
Bir qarashda, o'sha paytdagi Evropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lgan Antuan Grizmanni qo'lga kiritish ajoyib g'oyadek tuyuldi, ammo jamoaning dahshatli rejasi tufayli Grizmann klubga mos kelmadi.
Frantsiyalik futbolchi "Atletiko Madrid"da ajoyib obro'ga ega edi va u erda ikkinchi hujumchi sifatida ajoyib o'yin ko'rsatdi. Ammo u 4-3-3 sxemasida o'ynagan "Barselona"da o'zining eng yaxshi pozitsiyasini hech qachon topa olmadi.
Grizmann turli pozitsiyalarda harakat qildi, lekin u hech qachon o'ziga sarflagan pulni oqlay olmadi.
"Barselona"da Antuan 102 o'yinda 35 ta gol urdi va "Atletiko"ga qaytdi va u erda o'shandan beri doimiy ravishda o'zining eng yaxshi natijalarini ko'rsatib kelmoqda.
Usmon Dembele (145 mln evro)
"Barselona"ga Dembele bilan omad kulib boqmadi. Frantsuz juda iqtidorli va ba'zida to'xtatib bo'lmaydigan darajada o'yin ko'rsatsa ham, jarohatlar uning klubda uning muvaffaqiyatga erishishiga to'sqinlik qilgan.
"Kamp Nou"dagi olti mavsum davomida 26 yoshli futbolchi yozda "PSJ"ga o'tishdan oldin turli jarohatlar tufayli 117 ta o'yinni o'tkazib yubordi.
Filippe Koutino (160 million evro)
“Barselona” 2018 yilda “Liverpul”dan Koutinoni 160 million evrolik transferini amalga oshirganida, ko'pchilik bu narx aqldan ozgan deb o'ylagandi. Biroq, braziliyalikni futbolchini Kataloniyada omadsizlik kutayotgan edi.
"Barselona" Koutinoni "Liverpul"dagi eng yaxshi pleymeyker maqomida o'z safiga qo'shib oldi. Biroq u jamoaning 4-3-3 sxemasiga moslasha olmadi.
Koutinoning o'yini tez-tez o'zgarib turardi, turli darajadagi muvaffaqiyatlarga erishdi, lekin u hech qachon "Enfild"da uni yulduzga aylantirgan formasini ko'rsata olmadi.
Futbolchi klubdagi omadsizliklardan so'ng "Aston Villa"ga o'tdi va u erdan hozirda Qatarga yo'l olishga yaqin turibdi.
7-Sentyabr 2023,18:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0