"Barselona" Frenki de Yong uchun yangi besh yillik shartnoma tayyorlamoqda, deb xabar berdi "Mundo Deportivo". Niderlandiyalik yarim himoyachiga Mark-Andre ter Shtegen bilan bir xil formula taklif qilinadi. Ya'ni, Kataloniya klubi moliyaviy cheklovlarga to'g'ri kelishi uchun Frenki shartnomaning dastlabki ikki mavsumida maoshini kamaytirishga rozi bo'lishi kerak. Va keyingi uch yil ichida u o'ziga tegishli bo'lgan hamma narsani oladi.
Frenki de Yongning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi, shuning uchun "Barselona" shoshmaydi. Biroq sport direktori Deku oldiga futbolchining agenti bilan munosabatlarni yaxshilash vazifasi qo'yilgan. Agent bilan aloqalar "Barselona" niderlandiyalik o'yinchini sotmoqchi bo'lganida yomonlashgandi.
Frenki de Yong kataloniyaliklar safida 2019 yilning yozidan buyon o'ynamoqda. U "Barselona" safida 187 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urgan va 21 ta golga assistentlik qilgan.
9-Sentyabr 2023,11:15
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0