Xavi Ernandes "Barselona" bosh murabbiyi sifatida o'zining 100-o'yinini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rmoqda - Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turi doirasidagi "Portu"ga qarshi uchrashuv yubiley bo'ladi. Mundo Deportivo nashri Kataloniya klubi ustozi bilan intervyu uyushtirdi.
Futbolchi sifatida Xavi barcha musobaqalarda "Real"ga qarshi 42 o'yinda maydonga tushdi va bosh murabbiyi sifatidagi qisqa faoliyati davomida sakkizta "El-Klasiko"ning beshtasida g'alaba qozondi. Bunga 2023-yilning yanvarida Ispaniya Superkubogi finalida 3:1 hisobidagi g'alaba ham kiradi, Xavi buni murabbiylik faoliyatidagi eng yaxshisi deb hisoblaydi.
"Superkubokda "Real Madrid" ustidan qozonilgan g'alaba. Bu bizning "Madrid"ga qarshi birinchi chempionligimiz edi va o'sha kungi o'yin biz maydonda ko'rishni istagan xabarni juda yaxshi aks ettirdi.
Shuningdek, Xavi o'tgan yili Chempionlar ligasida "Bavariya"dan 0:3 hisobida uchralgan mag'lubiyat "Barselona"dagi faoliyati davomida eng og'ir bo'lganini ham tan oldi.
"O'tgan mavsumda "Bavariya"ga qarshi o'z uyidagi 3:0 hisobidagi mag'lubiyat, o'sha mag'lubiyat Chempionlar Ligasi bilan xayrlashishimizni aniqlab bergandi va eng og'ir mag'lubiyat bo'ldi" - dedi Xavi.
1-Oktyabr 2023,17:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0