Ernesto Valverde - Primera murabbiylar tsexining faxriylaridan biri va ehtimol eng o'ziga xos vakillaridan biri.
U futboldan tashqari keng qiziqish doirasi bilan ham mashhur: Ernesto fotokitoblar nashr etadi, guruhda gitara chaladi, shuningdek, rassomchilikning katta muxlisi hisoblanadi. Ammo bolaligidan futbolchi bo'lishni xohlardi, shuning uchun undan tarixdagi eng yaxshi o'yinchi haqida so'rashni boshlash tabiiy tuyuldi. Ispaniya jurnalistikasi afsonalaridan biri Lou Martin «Atletik» bosh murabbiyidan Relevo uchun intervyu oldi.
- Messiga murabbiylik qilish qanday edi?
- Messimi? Bilmayman. Siz uning qanday o'ynashini ko'rgansiz-ku, to'g'rimi? Xo'sh, men sizga bilmagan, ko'rmagan yana nimani aytaman!
- To'g'ri, lekin men unga murabbiylik qilmaganman. Afsonalar aytganidek, ularni boshqarish shunchalik qiyinmi?
- Yo'q. Oxir-oqibat, bunday klubga borganingizda, kim bilan va qanday ishlashingiz haqida oldindan o'ylab ko'rsangiz, hammasi osonroq bo'ladi. To'g'ri, kim aslida kimligini hisobga olish kerak. Messi - sizga hamma narsani beradigan futbolchi.
- Bu maydonda. O'yinlardan tashqarida Messi qanday edi?
- Buni «Barselona» kabi jamoaga o'tganingizda ko'rasiz... Eshiting, Uzoq yillar davomida ko'plab sovrinlar yutgan italiyalik murabbiy Skarioloning MBAga ko'chib o'tganida bergan intervyusi ham borku. Mening vaziyatimda ham hammasi taxminan shunday edi. Oxir-oqibat, futbolchilar siz ularga g'alaba qozonishga yordam berishingizni ko'rishlari kerak. Ular mashg'ulotlarga emas, balki raqobatga qaratilgan, ular raqobatning yirtqichlaridir. Lekin ular imtiyozli emas, yo'q. Futbolchi maydonga chiqib, o'zini ko'rsatishi, qo'yilgan vazifalarni hal qilishi va jamoani tortishi kerak bo'lsa, bu hech qanday imtiyoz emas. Bular, Messi yoki bir xil darajadagi MBA o'yinchisi kabi uzoq vaqtdan beri u erda bo'lgan va ma'lum darajada mas'ul bo'lgan odamlar, ular alohida maqomga ega...
- Boshqacha qilib aytganda, Messi sizga moslashishi shart emasdi. Aksincha siz Messiga moslashishingiz kerak edi.
- Nafaqat Messiga, balki butun «Barselona»ga. Ha, oxir-oqibat, siz ishlayotgan joyingizga moslashishingiz kerak. «Atletik»ka ham, «Valensiya»ga ham moslashishimga to'g'ri keldi, keyin navbat «Olimpiakos»ga keldi. Hammasi boshqacha tarzda sodir bo'ladi. Ammo hech bir murabbiy klubdan yuqori emas, «Barsa»da esa bundan ham ko'proq. Loyiha ko'proq murabbiyga bog'liq bo'lgan jamoalar ham mavjud. Hozir u erda qanday bilmayman, lekin men «Barsa»da bo'lganimda, vaziyatni shunday ko'rdim...
- Siz ikki marta La Liga va bir marta Qirol Kubogini yutdingiz. Ammo qilgan ishingizdan ko'ra qilmagan ishingiz bilan ko'proq qadrlanganga o'xshaysiz. Shundaymi?
- Men nima qilmabman? Har yili faqat ikkita jamoa qatnashadigan EChL finaliga chiqmadimmi? Ha, bu haqiqat, biz bu vazifani bajarolmadik. Lekin sizni ishontirib aytamanki, qo'limizdan kelganini qildik. Eshiting, men buni aytishim kerakmi yoki yo'q bilmayman, lekin unvonlar va shu kabilar meni qiziqtirmaydi. Yo'q-yo'q, bu men uchun umuman qiziq emas degani emas, gapim shunchaki nisbiy ma'noga ega. Bu haqiqat.
MUHAMMADXON tayyorladi
8-Oktyabr 2023,23:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0