Lionel Messi yanvar oyida "Barselona"ga qaytmaydi.
Eslatib o'tamiz, “Inter Mayami” MLS pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini yo'qotdi. Shu fonda argentinalik hujumchining ijara asosida "Barselona"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'ldi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Kataloniya klubi bu variantni ko'rib chiqmayapti - moliyaviy feyr-pleyni kuzatgan holda Messini qo'lga kiritish imkoniyati yo'q. Kataloniyaliklarning qishki transfer oynasidagi ustuvor vazifasi hozirda "Atletiko Paranaense"da o'ynayotgan hujumchi Vitor Rokeni ro'yxatdan o'tkazish.
Messining o'zi ham yaqin orada "Barselona"ga qaytish niyatida emas. Ehtimol, qishki ta'til paytida u Kataloniyaning poytaxtiga dam olish uchun keladi, ammo klubga ko'chib o'tish haqida gap bo'lmaydi.
9-Oktyabr 2023,20:00