Transfermarkt portali Ispaniya La Ligasining eng qimmat klublarining yangilangan reytingini taqdim etdi. Unda birinchi o'rinni "Real Madrid" egalladi - portal klub tarkibini jami 1,03 milliard evroga baholagan.
Ikkinchi o'rinda "Barselona". "Ko'k-anorranglilar" birinchi o'rindan deyarli 150 million evro ortda qolmoqda va ikkinchi o'rinda 862 million ko'rsatkich bilan bormoqda.
Uchinchi o'rinda ikkinchi o'rindan ancha ortda qolgan “Atletiko Madrid” joylashgan. Portal “matraschilar” tarkibini 472 million evroga baholagan. To'rtinchi o'rinni Ispaniyadan UEFA Chempionlar ligasining joriy mavsumdagi to'rtinchi ishtirokchisi - "Real Sosedad" klubi egalladi - 433 million evro.
Beshinchi o'rin Bilbaoning "Atletik" jamoasiga, 219 million evroga nasib etdi. Oltinchi - "Betis" 202 mln. Ettinchi - "Sevilya" - 187 mln. Sakkizinchi - "Vilyarreal" - 186 mln.
Ligadagi eng arzon jamoalar “Kadis” (18-o'rin, 60 million evro), “Las-Palmas” (19-o'rin, 54 million) va “Alaves” (20-o'rin, 52 million) jamoalaridir.
14-Oktyabr 2023,19:40