“Barselona”ning sobiq prezidenti Joan Gaspar Kataloniya klubining yana uch nafar sobiq etakchilari – Xosep Mariya Bartomeu, Sandro Rosel, Enrik Reyna hamda "ko'k-anorranglilar"ning amaldagi rahbari Joan Laporta ishtirok etgan kechki ovqat haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Kecha "Barselona"ning sobiq prezidentlari bilan kechki ovqat juda zo'r bo'ldi, bu do'stlarning kechki ovqati edi. Hammasi juda yaxshi o'tdi. Bu bizda turli fikrlar bo'lishi mumkin emas, degani emas, lekin bunday uchrashuvlarni tez-tez takrorlashimiz kerak.
"Negreyra ishi" bo'yicha "hech qanday noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilmagan" iborasi kechki ovqat paytida bir necha bor takrorlangan. Qolaversa, adolatga to'liq ishonch bor. Madridliklar bizni o'ldirishmaydi, chunki ular buni qila olmaydi. Klubimizdagi birlik buni imkonsiz qiladi.
Men barcha prezidentlarni, xususan, Joan Laportani ushbu kechki ovqatni tashkil qilgani bilan tabriklashim kerak. Klubning bayonotiga barchamiz rozi bo'ldik", - dedi Gaspar AS bilan suhbatda.
25-Oktyabr 2023,20:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0