Ilkay Gyundogan «Real»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng jamoadoshlariga bildirgan tanqidlarini tushuntirdi.
Eslatib o'tamiz, «Barselona»ning 28-oktyabr kuni «klasiko»dagi mag'lubiyatidan so'ng Gyundogan jamoadoshlarining munosabatidan noroziligini bildirgandi:
«Men bu erga bunday uchrashuvlarda mag'lub bo'lish uchun kelganim yo'q. Kiyinish xonasida ko'proq g'azabni ko'rishni istardim».
Xabar qilinishicha, «ko'k-anorranglilar» rahbariyati va murabbiylar shtabi yarim himoyachining tanqidini jamoa uchun foydali deb qabul qilgan.
El Partidazo xabariga ko'ra, «Barselona» mashg'ulotlaridan birida Gyundogan o'z so'zlarini futbolchilarga tushuntirib bergan.
Germaniyalik yarim himoyachining ta'kidlashicha, «Manchester Siti»da jamoaning muvaffaqiyatsiz o'yinlaridan so'ng bunday tanqidlar odatiy hol sifatida qabul qilingan.
Qayd etilishicha, «Barselona» futbolchilari Gyundoganning tushuntirishlarini qabul qilgan.
2-Noyabr 2023,20:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0