Sakkizinchi «Oltin to'pi»ni qo'lga kiritgandan so'ng, Lionel Messi o'zining quvonchini va o'tgan sport yilini esladi.
Argentinalik daho «PSJ»dan xafa emas, lekin «Barsa»ga nisbatan o'zgacha mehrini saqlab qoladi.
- Sahnaga chiqayotib nimalarni o'yladingiz?
- Bu sovrinni argentinaliklar bilan bo'lishish imkonidan xursand bo'lganimdan boshqa hech narsa yo'q. Bu mukofot butun Argentina uchun, uning xalqi uchundir. Jahon chempionati - bu men argentinaliklarga bag'ishlagan g'alaba, garchi «Barsa» haqida ham shunday o'ylayman.
- Sakkizinchi «Oltin to'p»ning o'ziga xosligi nimada?
- Barcha «Oltin to'plar» alohida mavzu. Ha, men «Barsa»da katta yutuqlarga erishdim, ammo Argentina tufayli olgan mukofotlarim yanada kattaroq. Jahon chempionatidagi g'alaba - bu fantastika va umid qilamanki, biz keyingisida yana g'alaba qozonamiz.
- O'zingizni tarixdagi eng yaxshi o'yinchi deb hisoblaysizmi?
- Eng zo'ri ekanligimni bilmayman, o'zimga bu savolni bermayman va bu meni qiziqtirmaydi. Eng yaxshilaridan biri ekanligimni gapirishayotganliklarining o'zi men uchun sharafdir. Barcha bolalar futbol o'ynashni xohlashadi va eng yaxshilaridan biri bo'lishga harakat qilishadi.
- Bu yil faoliyatingizdagi eng yaxshisimi?
- Bilmayman, lekin u boshqalaridan farq qiladi. Men dunyoning eng yaxshi jamoalarida o'ynashga, Chempionlar Ligasi, Amerika Kubogini yutishga muvaffaq bo'ldim, ammo jahon chempionati haqiqatdan ham o'ziga xosdir. Bu menga etishmayotgan yagona narsa edi, eng muhimi, bolaligimdagi orzuimga erishdim. Bu Argentinada juda muhim va menda bunday imkoniyat bo'ldi.
- Mukofotda «PSJ»ning ta'siri qay darajada? Va bu haqda qanday xotiralarni saqladingiz?
- Bir qator sabablarga ko'ra Parijni tark etishim kerak edi, lekin undan olgan foydam beqiyos. Ya'ni bu erda yaxshi do'stlarim bor, men juda xursand bo'ldim va bolalarim shaharni yaxshi ko'rishdi. Ular Frantsiyada qolishimizni xohlashdi. Sport nuqtai nazaridan, kutganimdek bo'lmadi, lekin men hamma yaxshi xotiralarni saqlayman va ular ko'p.
- «Barsa»ga murabbiy sifatida qaytish imkoniyatini ko'rib chiqasizmi?
- Murabbiylik meni o'ziga jalb qilmaydi, deb o'ylayman. Bugun, «Barsa»ga qaytishim mumkin bo'lsa, bunday holatda bo'lmasdi, ammo biz hamkorlik haqida o'ylashimiz mumkin. Men uzoq vaqt o'ynaymanmi yoki yo'q, bilmayman, lekin davom etishni xohlayman. Qanday bo'lmasin, har doim «Barsa»ni kuzatib boraman va klubga yaqin turaman.
2-Noyabr 2023,21:30