"Barselona" boshqaruvchisi Xavi Ernandes "Real Sosedad" futbolchisi Takefusa Kuboning iste'dodini yuqori baholadi.
22 yoshli yarim himoyachi "Barselona"ga qarshi butun o'yinni o'tkazdi, ammo jamoasiga mag'lubiyatdan qutulib qolishga yordam bermadi (0:1). Biroq, Xavi tan olganidek, "Real Sosedad" ajoyib o'yin ko'rsatdi va "ko'k-anorranglilar" g'alabaga loyiq emas edi.
Shuningdek, ispaniyalik murabbiy yaponiyalik yarim himoyachining o'yinidan qoyil qolganini ham aytib o'tdi: “Kubo jahon darajasidagi futbolchi. U to'p bilan ham, to'psiz ham juda yaxshi”, - dedi Xavi o'yindan keyingi intervyusida.
"Real Sosedad" 2022 yilning yozida "Real"dan Takefusa Kuboni sotib olgandi. Joriy mavsumda futbolchi La Liganing 11 ta uchrashuvida 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
5-Noyabr 2023,10:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0