"Shaxtyor" bosh murabbiyi Marino Pushich Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turida "Barselona" bilan bo'lib o'tadigan o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men tarkib borasida allaqachon qaror qildim, lekin bu haqda gapira olmayman. Men Bondarenko va Konoplyaning o'rniga kimni maydonga tushirishni bilaman. Mening ukrain tilim qanday? Men so'zlashuvda 30 foizini tushunaman. Men bu tilni o'qiyman. Menga olti oy vaqt bering, men gaplasha olaman.
Har bir uchrashuv o'zgacha. Bu kurash avvalgidek bo'lishi shart emas. Biz ular bilan raqobatlasha olamiz. Biz birga ishlashga vaqtimiz bor edi. Bu uy uchrashuvi, lekin biz uyda o'ynamayapmiz. Jamoa ko'p vaqtini safarda o'tkazdi. Bu biz uchun oson emas, lekin shikoyat qilish uchun kelganimiz yo'q", - dedi Pushich UEFA rasmiy saytiga.
7-Noyabr 2023,17:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0