«Barselona» Ispaniya chempionatining 13-turi doirasida o'z maydonida «Alaves»ni qabul qilib, qiyin g'alabaga erishdi. Mehmonlar 18-soniyada hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi: Samu Omorodion yaqin masofadan to'pni "Barsa" darvozasiga joylab qo'ydi. "Alaves" tanaffusga qadar yana 2 ta gol urish mumkin edi, ammo ular qulay imkoniyatlardan foydalana olishmadi.Xavi jamoasi ikkinchi taymda o'z o'yinlarini kuchaytirishdi va g'alabani ilib ketishdi. Bahsning 53-daqiqasida Jyul Kunde tomonidan havodan etkazilgan uzatmani Robert Levandovski bosh bilan raqib darvozasiga burib yubordi. O'yinning 78-daqiqasida esa Ferran Torresga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun penalti belgilandi. Levandovski mas'uliyatni o'z zimmasiga oldi va 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirdi. "Barselona" ushbu g'alaba tufayli o'z ochkolarini 30 taga etkazib oldi va 3-pog'onani egallab turibdi.Ispaniya La ligasi, 13-turBarselona – Alaves 2:1 (0:1, 2:0)Gollar: 0:1 – 1 Omorodion, 1:1 – 53 Levandovski, 2:1 – 78, penalti Levandovski.Barselona – ter Stegen, Arauxo, Martines, Kunde (Balde, 70), Joau Kanselu, Gyundogan, Pedri (Romeu, 81), Lopes (Rafinya, 63), Joau Feliks (Ferran Torres, 70), Yamal, Levandovski.Alaves – Sivera, Gorosabel (Tenalya, 85), Abkar, Marin, Duarte, Xavi Lopes, Guridi (Xadji, 79), Antonio Blanko (Mendes, 85), Gevara, Rioxa (Rebbash, 63), Omorodion (Kike Garsiya, 79).Ogohlantirishlar: Levandovski (62), Duarte (75), Gyundogan (90).
12-Noyabr 2023,22:30