Taniqli insayder Fabritsio Romano "Atletik Bilbao" vingeri Niko Uilyamsga bo'layotgan qiziqishlar haqida ma'lumot berdi.
Basklar klubi 21 yoshli futbolchining iyun oyida tugaydigan shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu rejalar Ispaniya terma jamoasi futbolchisini qo'lga kiritish imkoniyatlarini o'rganayotgan "Barselona" va "Real Madrid" tomonidan barbod bo'lishi mumkin.
"Barselona" va "Real Madrid" bir necha bor Uilyamsning o'yinini o'rganish uchun o'z skautlarini yuborgan, ammo hozircha rasmiy takliflar kelib tushmagan, chunki futbolchi "Atletik"da qolishni rejalashtirayotganini hamma biladi. Yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar davom etmoqda, ammo dastlabki bosqichda. Uilyamsga shuningdek bosh murabbiy Unai Emeri juda yoqadi, mutaxassis uni "Aston Villa"da ko'rishni xohlaydi”, - deydi Romano.
15-Noyabr 2023,05:40
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0
O'qildi: 44 - Fikirlar: 0