Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente "Barselona" yarim himoyachisi Gavining jarohati haqida gapirdi.
"Barselona" mendan Gavini ikkinchi o'yinda maydonga tushmaslikni so'ramadi. Men RFEF haqida bilmayman. Futbolchilar biz bilan bo'lganda, biz faqat terma jamoa haqida o'ylaymiz. Bizda Gavi ikkinchi o'yinda atigi 45 daqiqa maydonga tushishi haqida o'ylagandik, biroq Xesus Navas jarohat oldi. Biz o'yinchilarning sog'lig'ini birinchi o'ringa qo'ydik. Barcha futbolchilar ikkinchi o'yinda maydonga tushishni xohlashdi, Gavi esa bundan ham ko'proq. U juda faol. U birinchi o'yinni, ikkinchisida 45 daqiqani o'ynashi kerak edi. Agar uning jarohati borligini ko'rsak, uni almashtirardik", - dedi Fuente AS bilan suhbatda.
19 yoshli Gavi 2024-yilgi Evropa chempionati saralashida Gruziyaga qarshi o'yinda (3:1) tizzasining xochsimon bog'lami va yon meniskusini jarohatlab oldi va mavsumning qolgan qismida safdan chiqqan edi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi 15 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
28-Noyabr 2023,09:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0