"Barselona" 17 yoshli futbolchiga qiziqish bildirgani ma'lum bo'ldi
Shvetsiyaning "Yurgorden" klubi yarim himoyachisi Lukas Bergvall Ispaniya chempionatiga o'tishi mumkin. Bu haqda klub sport direktori Boss Anderson ma'lum qildi.
"Aytishim mumkinki, biz "Barselona" bilan bu futbolchi borasida aloqalarimiz bor. Biz o'tgan hafta ular bilan bog'landik, shundan so'ng boshqa muzokaralar bo'lmadi", — dedi Anderson Fotbollskanalen bilan suhbatda.
Bergvall shu yilning fevral oyidan beri "Yurgorden" futbolchisi sanaladi. 17 yoshli futbolchi jamoa safida barcha turnirlarda 29 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali uning qiymatini besh million evroga baholamoqda.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (311/+0)
Yangiliklar (34183/+12)
UzFIFA Yangiliklari (27.08.2025)
Futbol TV Yangiliklari (27.08.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1800)
Eng ko'p o'qilgan
23-Avgust
08:30
22-Avgust
11:20
20-Avgust
22:20
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)