"Osasuna" himoyachisi David Garsiya hakamning "Barselona"ning g'alaba golini hisoblash qarorini tanqid qildi.
Ispaniya Superkubogi yarim finalida Robert Levandovski 59-daqiqada hisobni ochdi. "Osasuna" futbolchilari Andreas Kristensen goldan oldin Xose Arnaisga qo'pollik ishlatganini aytishdi. Biroq hakam Alexandro Muniz golni hisoblashga qaror qildi. Uchrashuv 2:0 hisobida "Barselona" foydasiga hal bo'ldi.
- Levandovskining goli haqida nima deya olasiz?
- Men golga qaradim. Birinchi bo'limda "Barselona" foydasiga qancha shunga o'xshash qo'polliklar qilinganini hamma ko'rdik.
Bu juda aniq. Levandovskining golidan oldin aniq qoidabuzarlik bo'ldi. Oradan uch daqiqa o'tib, xuddi shunday qoidabuzarlik bo'ldi, lekin hakam boshqa tomonga hushtak chaldi.
Tasodifmi yoki yo'qmi, bu qoidabuzarliklar sodir bo'lganda, ular bir tomonga qaror chiqardi. Men populist bo'lishni xohlamayman, lekin bu aniq edi" - dedi David Garsiya.
12-Yanvar 2024,07:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0