"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya superkubogi final doirasida «Barselona»ga qarshi o'yin (4:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.– "Real" Superkubok doirasidagi 2 ta o'yinda 9 ta gol urdi. – Biz juda xavflimiz. Chunki hujumdagi harakatlarimiz tez va rang-barang. Bu esa raqibga qarshilik qilish imkonini bermaydi. – «Real» va «Barselona» o'rtasidagi farq ayni paytda shundaymi? 3 gol va 7 ochko (La ligada)?– Hisob juda jarangdor, ammo o'yinning o'zi... Biz hisobni tez ochdik, ammo hiosb 4:1 ga etmaguncha, hali hech narsa hal bo'lmagandi. «Barselona» to'pni yaxshi nazorat qildi va biz uni qaytarib olishga qiynaldik. Agar "Real" oson g'alaba qozondi, deb o'ylasangiz, bu xato fikr.– Bunday g'alaba jamoaning o'ziga bo'lgan ishonchini oshiradimi?– Shundoq ham o'zimiz bo'lgan ishonch yuqori. Chunki biz yuqori saviyadagi futbolchilarga ega kuchli jamoamiz.
15-Yanvar 2024,08:30