"Barselona" yarim himoyachisini Ilkay Gyundogan jamoadagi jarohatlar sabab yaxshi dam ololmaganini aytdi.
"Jarohatlar borasida omadimiz kelmadi, aks holda dam olgan bo'lardim va bu men uchun yaxshi bo'lar edi. Jamoa sifatida biz hali o'yinni xohlaganimizcha nazorat qila oladigan bosqichda emasmiz. "Napoli"ga qarshi o'yinda bu yaqqol sezildi. Bugungi "Barcelona"ni o'tmish bilan solishtirib bo'lmaydi. Biz o'zgarishlar davridamiz, Buskets va Albaning ketishi bilan, o'tgan yozda jamoa o'z xislati va o'ziga xosligini yo'qotdi. Men La Masiyaning yulduzlari o'z o'rnini topa olguniga qadar jamoaga yordam berish uchun keldim.
Gvardiolaning murabbiyligi davrida "Bavariya" vakillari bilan qiziqish va uchrashuvlar bo'lgan. Ammo o'shanda men Pep bilan hech qachon gaplashmaganman, uning fikricha men "Bavariya"da uning Xavisi yoki Inestasi bo'lishim kerak edi. To'g'ri men ulardik top darajada emasman, ammo Tyago Gyundogan juftligi, albatta, qiziqarli bo'lardi", - dedi nemis yarim himoyachisi.
17-Mart 2024,11:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0