Xavinining akasini "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppga qiyoslashdi.
AS nashri xabariga ko'ra, Oskar Ernandes "Barselona"ning kiyinish xonasida Oskar Klopp laqabini olgan. Bu uning tashqi ko'rinishi va hissiy xatti-harakati bilan, shuningdek, diskvalifikatsiya davrida ukasining vazifalarini bajarayotganda jamoaning natijalari bilan bog'liq.
Oskar Ernandes bilan “ko'k-anorranglilar” olti uchrashuvning barchasida g'alaba qozondi, umumiy hisob 17:3.
Xavining akasi jamoani ilk bor 2022 yilning yozida AQShda o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida boshqargandi. O'shanda bosh murabbiy vizasi bilan bog'liq muammolarga duch kelgandi. "Inter Mayami" 6:0 hisobida mag'lub etilgandi.
La Ligada 2023 yilning 23 martida Xavi o'rniga Oskar birinchi marta ishladi – o'shanda "Valensiya" mag'lub etilgan (1:0).
Ta'kidlanishicha, "Barselona" bosh murabbiyi "Atletiko Madrid"ga qarshi o'yinda (3:0) qizil kartochka olgani uchun La Liganing ikkita o'yiniga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
18-Mart 2024,21:30