"Barselona" moliyaviy ahvoli tufayli so'nggi transfer oynalarida erkin agentlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
"Atletiko Madrid" himoyachisi Mario Ermoso "Barselona"ning radarida bo'lib turibdi.
Ispaniyalik futbolchining shartnomasi mavsum oxirida tugaydi va yangilash bo'yicha muzokaralar yaxshi o'tmayapti, bu esa "Barsa"ning qiziqishlarini kuchaytirgani haqidagi mish-mishlarga sabab bo'ldi.
Biroq "Barselona" Ermosoni sotib olish uchun harakat qilmayapti. Fabritsio Romanoning so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, "Barselona" yozda Mario Ermosoni tekinga qo'lga kiritish bo'yicha kelishuv ustida ish olib bormayapti. Bunga "Barsa"dagi keragidan ortiq himoyachilar sabab bo'lgani aytilmoqda.
Romanoning ta'kidlashicha, "Atletiko" va Ermoso o'rtasida yangi shartnoma borasida hali hech qanday muvaffaqiyatli natija yo'q.
26-Mart 2024,18:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0