"Barselona" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan nega 16 yoshli Lamin Yamal va 17 yoshli Pau Kubarsining asosiy tarkibda muvaffaqiyat qozonayotganini tushuntirdi.
“Menga yosh futbolchilar Yamal va Kubarsi kabi ko'p o'ylamasdan o'ynashi va mashg'ulot o'tkazishi yoqadi. Ular shunchaki maydonga chiqib, o'zlarini ko'rsatishadi, bosim sezmaydilar, hech narsaga parvo qilishmaydi. Shuning uchun ular muvaffaqiyatga erishadilar - ular stressga ahamiyat bermaydilar.
16-17 yoshimda maydonga tushganimda asabiylashardim. Men o'zimni noqulay his qilardim, xato qilishdan qo'rqardim. Hozir bizga yosh futbolchilar taqdim etayotgan yangilik kerak. Biz ularning jamoaga qo'shayotgan hissasi bilan faxrlanamiz", - deya 33 yoshli Gyundoganning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
6-Aprel 2024,06:10