Luis Fernandes Xavining "Barselona"da qolishini istamoqda.
- Siz Xavining qolishini xohlayotganingizni aytdingiz.
"Gap shundaki, Xavining yuragida “Barsa” bor, menda esa “PSJ”, “Kann” va “Atletik” bor. Xavi juda zo'r o'ynagan, hamma narsada g'alaba qozongan, futbol muxlislariga quvonch bag'ishlagan "Barsa" vakili.
O'tgan yili u chempion bo'ldi, bu mavsumda buni uddalay olmadi, uning nima uchun ketayotganini tushunmayapman. U asosiy jamoaga Kubarsi va Lamin Yamal kabi yosh futbolchilarni olib keladi.
Shubhasiz, "Barsa" yana birinchi o'ringa chiqadi. Menga Xavi futbolchi sifatida yoqadi va murabbiy sifatida ham yoqadi.
Ba'zida u xato qiladi, lekin men ham xato qildim. Gvardiola ham kam bo'lsada xato qiladi, chunki u juda iqtidorli", - dedi “PSJ” va Frantsiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi.
8-Aprel 2024,22:20