Bugun tongda o'z yakuniga etgan taqdirlash marosimidan so'ng, Virjil van Deyk «Mundo Deportivo» nashri uchun kichik intervyu berib o'tdi.
— Bu mavsumda Messi «Oltin to'p»ga loyiq degan eding?!
— Ochig'i, hammasi shunday bo'lishini boshidan bilgan edim va ruhan bu vaziyatga tayyorman. Men o'z fikrimda oxirigacha qolaman.
— Messi haqida aytgan so'zlarining sening zararingga ishlamadimi?
— Yo'q, men bunday hisoblamayman. O'z-o'zini aldashdan foyda yo'q. Messi qo'lga kiritgan «Oltin to'p»larning soni barcha savollarga javob beradi. U xuddi men kabi fantastik mavsumni o'tkazdi. Aynan shu sababli men bir nechta nominatsiyalarda g'olib chiqishga va ushbu so'rovnomada ko'p ovoz to'plashga muvaffaq bo'ldim. Ochig'i, qaror qabul qilinib bo'lgan va buni muhokama qilishdan foyda yo'q. FIFA tomonidan qabul qilgan qarorga rozi bo'lishim shart.
3-Dekabr 2019,16:00
O'qildi: 49 - Fikirlar: 0