FIFA Evropa chempionatlari o'yinlarini turli mamlakatlarda o'tkazishga ruxsat beradi.
2018 yilda Relevent Sports Mayamida "Barselona" va "Jirona" o'rtasidagi La Liga o'yinini tashkil etishga urinib ko'rdi, bu FIFA va AQSh futbol federatsiyasini xavotirga soldi. FIFA Kengashi milliy chempionatlarning rasmiy o'yinlari tegishli davlat hududida o'tkazilishi kerakligini aytib, bu tashabbusni blokladi.
Avvalroq Relevent Sports kelishuvga erishish munosabati bilan monopoliyaga qarshi da'vo doirasida FIFA bilan sud jarayonini to'xtatishi haqida xabar berilgandi.
Monopoliyaga qarshi da'voda FIFAni himoya qilgan advokatning aytishicha, ichki liga o'yinlarini turli mamlakatlarda o'tkazishga ruxsat beruvchi qoida o'zgarishi yil oxirigacha sodir bo'lishi mumkin.
3-May 2024,14:50