Rafinya Xavining akasi bilan janjallashib qoldi.
Jjantes telekanilida dasturiga ko'ra, braziliyalik futbolchini "Valensiya" bilan o'yinda (4:2) almashtirgach, bosh murabbiy yordamchisi bo'lib ishlayotgan Xavining akasi bilan o'rtasida mojaro kelib chiqqan. Manbaga ko'ra, Rafinya almashtirilishga qarshi bo'lgan. Zaxira o'rindig'iga yo'l olgan futbolchi Oskar Ernandesga norozilik sifatida tupurgan.
Mojaro kiyinish xonasida davom etdi, AS nashri tasdiqlaganidek, Rafinya Xavining akasini haqorat qilgan. Braziliyalik futbolchini keyingi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushmasligini tushundi: "Tinchlan, endi o'ynamaysan".
Kiyinish xonasidagi manbalar Jijantes dasturi ta'riflagan voqealarni to'liq tasdiqladi, ular buni hissiyot sabab deb oqlashga harakat qilishdi va Rafinya va Xavining yordamchisi o'rtasidagi munosabatlar "to'g'ri" ekanligini ta'kidladilar. Yakunda braziliyalik futbolchi keyingi turda "Jirona"ga (2:4) qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushmadi, "Barselona" 2:3 hisobida mag'lub bo'layotgan 69-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Avvalroq Rafinya sotuvga qo'yilgani ma'lum bo'lgandi.
18-May 2024,22:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0