Pochettino faoliyatini qaerda davom ettiradi?
Darhaqiqat, hozirda ko'plab futbol ishqibozlarini ushbu savol qiynab kelmoqda. «Tottenhem»ni yangi darajaga olib chiqishni uddalgan, yosh va yangi g'oyalarga to'la murabbiy uchun top klublar ish taklif qilishga tayyor. Xo'sh Maurisioning navbatdagi ish joyi qaer bo'ladi? Bugun ushbu savolga javob izlab ko'ramiz.
«Barselona»
Katoliniyalik muxlislarning sabr kosasi tobora to'lib borayotgani hech kimga sir emas. Ushbu mavsumni biroz ishonchsiz boshlagan Katoloniya klubi katta ehtimol bilan yangi mavsumda Ernesto bilan tuzilgan shartnomani bekor qiladi. To'g'ri, Valverde chempionlik poygasida g'olib chiqmoqda, lekin «Real Madrid»ning nochor ahvolda qolganini inobatga olsak, bu chempionlik ta'timagani aniq. Ko'plab mutaxassislar yangi g'oyalarsiz boshqaruvi uzoqqa bormasligini, kuchli mutaxassis paydo bo'lishi bilan Valverde iste'foga chiqishini tahmin qilmoqda. «Mundo Deportivo» nashri tarqatgan xabarlarga ko'ra, argentinalik murabbiyning nomzodi shu kunlarda ko'rib chiqilishi kerak. Messi va Pochettinoning vatandosh ekanligini, bir shaxar jamoasi sharafini himoya qilishgani maydonda qo'l kelishi mumkin. Odatda, Messi uchun qulay pozitsiya yaritib bera oladigan murabbiy jamoaga natija keltira oladi. Pochettinodagi g'ayrat va g'alabaga bo'lgan chanqoqlik ikki tomon uchun ham foydadan xoli bo'lmas edi.
«Arsenal»
Shimoliy London derbisini inobatga olmasa, Pochettino uchun yana bir qulay variyant. O'zi o'rgangan va chiniqqan APL klubi, yaxshi ijrochilardan tashkil topgan jamoa va transferlar uchun ajratiladigan pullar... Ushbu faktorlar orqali Pochettino kuchli «Arsenal»ni yaratishga qodir. To'g'ri, qahramonimiz «to'pchilar» murabbiyi bo'lishga shoshilmas, biroq kattta summa ko'rsatilgan shartnoma uni o'ylantirib qo'yishi mumkin. Hozirda «Arsenal»ni boshqarib turgan Fredi Yungberg qanchalar ishtiyoqli murabbiy bo'lmasin, APL bahslarida Pochettino ortirgan tajribaning o'ndan biriga ham ega emas. Shunday ekan, mavsum so'nggida uni «Arsenal» postida ko'rishimiz hech gap emas.
PSJ
Parij klubida bir nechta top murabbiylar faoliyat olib borgan bo'lsada, iste'folar soni ortgandan-ortib bormoqda. Gap shundaki, rahbariyat murabbiylarning ishini xalqaro arenadagi g'alabalar bilan o'lchaydi. Afsuski, Neymar, Mbappe singari hujumchilari bor jamoa ham EChLda g'olib chiqishga da'vogarlar qatoridan joy olishni uddalay olmayapti. Emiri o'zi ishlagan so'nggi mavsumda necha bor mag'lub bo'lgan bo'lsa, Tomas Tuxel allaqachon uning natijasini takrorlab bo'ldi. Ichki birinchilikdagi etakchilik germaniyalik mutaxassisni o'rnini saqlab qolmasligi aniq. Katta ehtimol bilan uning taqdiri bahordagi play-off o'yinlari chog'I hal bo'ladi. Pochettinoning PSJda to'p surganini inobatga olsak, klub muxlislari uni iliq qarshi olishi aniq. Bundan tashqari, uzoq yillik rejalar tuzish va transferlardan unumli foydalanish borasidagi etakchi murabbiy Parij klubi uchun hozir har doimgidanda kerak. Pochettino frantsuz tilida erkin so'zlasha oladi va o'z faoliyatidagi ilk sovrinni qo'lga kiritish ilinjida ham Frantsiyaga yo'l olishi hech gap emas.
«Bavariya»
Niko Kovachning iste'fosidan so'ng, «Bavariya» rahbarlari qaror qabul qilishga shoshilishmayapti. Ularning rejalarida Erik Ten Hag va Tomas Tuxel variyantlari mavjud. Bu murabbiylardan birini qo'lga kiritish uchun kamida yozgacha kutish kerak. Pochettino esa, hozir ishsiz. Argentinalik murabbiyning nomzodi juda yaxshi qabul qilinishiga ishonchimiz komil. Qahramonimiz Kovach tomonidan yo'qotib qo'yilgan yuqori pressing va to'p nazoratini ortga qaytarishi mumkin. Bundan tashqari, kuchsizroq chempionat sababli YEChLda g'olib chiqish uchun imkoniyat yanada ortadi. Shunday ekan, «Bavariya» o'z shortlistiga Pochetinoning nomini yozib qo'ysa, ajab emas.
«Real Madrid»
Bunga ishonish qiyin, ammo bu futbol va unda hamma narsa bo'lishi mumkin. Zidanning ortga qaytishi, «Real Madrid»ni cho'kishdan asrab qolishi kutilgan edi. Zidan klubning cho'kishini sekinlashtirishdan boshqa hech narsani uddalay olganicha yo'q. To'g'ri, hozirda uni hech qanday sababsiz bo'shatib yuborish Peresning ham qo'lidan kelmaydi, biroq «qirollik klubi» «ishqida yonggan» murabbiy o'z oyoqlari bilan yaqinlashib kelmoqda. Har qanday klub rahbarini o'ylantirib qo'yadigan vaziyatda Peresning qanday qaror qabul qilishini tahmin qilish juda mushkul. «La Liga» yoki EChLdagi birgina omadsiz o'yin Zidan uchun so'nggisi bo'lishi hech gap emas. Boz ustiga, klub yangi qon quyishga muhtoj bir paytda Pochettinoni qo'ldan chiqarib yuborish alam qiladi. Shunday ekan, «Real Madrid»ni hisobdan chiqarishga xali erta!
Coutinho_14
4-Dekabr 2019,07:35
4-Dekabr 2019,07:35
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30183/+25)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
15-Noyabr
13:42
09:20
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)