Niderlandiya terma jamoasining afsonaviy sobiq futbolchisi Rud Gullit "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongning o'yinlaridan norozi. 27 yoshli futbolchi jarohati sabab aprel oyidan beri maydonda o'ynamadi.
Yaqinda yarim himoyachi Niderlandiya terma jamoasi safida bo'lajak Evropa chempionatida o'ynash uchun sog'lig'ini xavf ostiga qo'yishga tayyorligini ma'lum qildi.
"Feyenoord"da o'ynaganimda Yoxan Kroyf menga: "Rud, sen jamoadoshlaringni yaxshiroq qilishing kerak", dedi. Men u nimani nazarda tutganini tushunmadim, lekin nima uchun bunday deganini bilasizmi? Jamoadoshlaringizga yordam bersangiz doim yaxshi o'ynaysiz. Ammo Frenki buni qilmaydi. Oxirgi mavsumda u sharpaga o'xshardi. U o'zini yig'ib olishi kerak", - deya mashhur sobiq futbolchining so'zlaridan iqtibos keltiradi Barca Universal.
4-Iyun 2024,07:00