"Napoli" klubi va Slovakiya terma jamoasi yarim himoyachisi Stanislav Lobotkaning agenti Branislav Yarusek "Barselona" futbolchi bilan yozgi transfer bo'yicha kelishuvga erishganini shov-shuvli tarzda aytdi.
Biroq, uning qo'shimcha qilishicha, "Barsa" Xavi Ernandesni boshqaruv lavozimidan bo'shatib, Xansi Flikni tayinlaganidan keyin vaziyat o'zgargan.
Lobotka va Barsa o'rtasida kelishuv bor edi. Stanislav Lobotka Evro-2024 musobaqasida yaxshi ishtirok etmoqda.
Qayd etish kerakki, 29 yoshli futbolchi Xavinining ehtimoliy nishoni sifatida e'tirof etilgan edi.
Endi uning agenti Xavining orzusi amalga oshishi mumkinligini aytdi, chunki "Barselona" va Lobotka o'rtasida kelishuv mavjud edi.
“Biz “Barselona” bilan shartlarni kelishib olgan edik, ammo murabbiy almashdi. Vaziyat aniq emas va "Barselona"da iqtisodiy muammolar bor. Biz hayratda qoldik”, dedi Yarusek.
25-Iyun 2024,17:40