"Barselona" 2024/2025 yilgi mavsum uchun Aleks Balde va Fermin Lopesni ro'yxatdan o'tkazdi.
Avvalroq, Kataloniya klubi 25 nafar futbolchidan 9 nafarini keyingi mavsum uchun ro'yxatdan o'tkazishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Marca xabariga ko'ra, "Barselona" ushbu muammoni qisman hal qilib, Aleks Balde va Fermin Lopes bilan yangi shartnomalarni allaqachon ro'yxatdan o'tkazgan. Shunday qilib, jamoa bosh murabbiyi Xans-Dieter Flik keyingi mavsumda ikkala futbolchi xizmatlariga tayanishi mumkin.
Qayd etilishicha, "Barsa" o'tgan mavsumda o'ziga nisbatan alohida tartib-taomillar va istisnolar qo'llanilgan Viktor Rokeni qayta ro'yxatdan o'tkazishi kerak bo'ladi. Shu bois 19 yoshli hujumchi jamoani tark etishi mumkin, qarorni mavsumoldi tayyorgarlik natijalariga ko'ra bosh murabbiy qabul qiladi.
28-Iyun 2024,19:10