"Chelsi"ning yangi futbolchisi Mark Giu "Barselona" taklif qilgan shartlardan qoniqmadi.
Kataloniya klubi 18 yoshli futbolchi bilan xayrlashishni istamadi, shuning uchun unga yangi shartnoma imzolashni taklif qilishdi. Jurnalist Fernando Poloning so'zlariga ko'ra, "Barselona" forvardga yiliga 2 million evro to'lashga tayyor edi va agar u kelgusi mavsumda yoshlar jamoasi o'yinlarining kamida 50 foizini asosiy tarkibda boshlasa, asosiy jamoadan ham joy oladi. Futbolchi unga rad javobini berdi va keyinroq “Chelsi”ga o'tishni rasmiylashtirdi.
Mark Giuning transferi londonliklarga 6 million evroga tushdi. Ispaniyalik futbolchi ingliz klubi bilan 2029 yilgacha amal qiladigan va yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini ko'zda tutuvchi shartnoma tuzdi.
2-Iyul 2024,12:50