Shomurodov rus grandini tanlaydimi yoki Evropaning o‘rtamiyona klubinimi?

U Evropada o‘zini ko‘rsatmoqchi.
“Rostov” klubida to‘p surayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov Xitoy chempionatiga o‘tishi borasidagi savolga javob qaytardi.
-Sizga nemis va xitoy klublaridan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu borada sizga nimalar ma’lum?
-Bu savol ko‘proq “Rostov”ga tegishli. Shaxsan men bu borada hech narsa bilmayman.
-Har qanday pul evaziga bo‘lsa ham 30 yoshdan oldin Xitoy klubiga o‘tmasligingiz haqida eshitdim. Bu rostmi?
-Ha, rostanam shunday. U erga 30 yoshdan avval ketmoqchi emasman.
-Agar Rossiyaning grand va Evropaning o‘rtamiyona klublaridan taklif tushsa, siz qay birini tanlardingiz?
-Albatta, Evropa.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli hamyurtimiz ayni damda 10 ta gol bilan Rossiya premer-ligasida to‘purarlik qilmoqda.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (318/+0)
Yangiliklar (36783/+13)
UzFIFA Yangiliklari (27.02.2026)
Futbol TV Yangiliklari (27.02.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1856)
Eng ko'p o'qilgan
25-Fevral
23:42
21-Fevral
18:40
24-Fevral
21:40
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





315