«Barselona»da faqat Jyul Kunde intizomsizlik bilan bog'liq muammolar tufayli jazolandi.Frantsiyalik himoyachi bir xil sababga ko'ra uch marta asosiy tarkibdan maydonga tusha olmadi: mashg'ulotga kech kelgan. Hatto mashg'ulotlarda jamoaning eng tirishqoq o'yinchilaridan biri bo'lishi ham unga jazodan qutulib qolishga yordam bermadi.Birinchi marta bu holat mavsumoldi mashg'ulotlarida sodir bo'ldi. Kunde o'yindan oldingi o'yinoldi mashg'ulotiga to'rt daqiqaga kech keldi, bu esa «Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flikka yoqmadi.«Sen bugun asosiy tarkibda o'ynamaysan», dedi germaniyalik mutaxassis Jyulga.«Alaves» bilan o'yin oldidan Kunde jamoaning nazariy mashg'ulotiga yana ikki daqiqa kechikdi.«Bir daqiqa ham kechikish jamoadoshlaringizga hurmatsizlikdir. Qoidalarni bilasiz», - dedi kataloniyaliklar bosh murabbiyi.Natijada Kunde o'yinni zaxira o'rindig'ida o'tkazdi.Uchinchi holat «Espanol» bilan derbi oldidan sodir bo'ldi. Frantsuz bir daqiqaga kech qoldi va Flik unga: «Men 13:30 haqida gapirganimda, bu 13:29 ham va 13:31 ham emas», dedi.Flikning punktualligi jamoada hazil-mutoyiba manbai bo'lib qoldi, futbolchilar kechikmaslikka intilishdi va hatto bosh murabbiyning navbatdagi «qurboni» kim bo'lishiga garov tikishni boshladilar.«Bu qo'rqinchli, juda qo'rqinchli...», dedi «Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado intervyularidan birida.
15-Noyabr 2024,23:00
O'qildi: 43 - Fikirlar: 0