"Barselona" va Amerikaning Nike kompaniyasi o'rtasidagi 10 oylik muzokaralardan so'ng shartnomani 2038 yilgacha uzaytirish haqida qaror qabul qilindi. Amaldagi kelishuv 2028 yilda yakunlanishi kerak edi. AS xabariga ko'ra, agar barcha shartnoma shartlari bajarilsa, bu kelishuv "blaugrana"ga 14 yil davomida taxminan 1,7 milliard evro olib kelishi kerak.
Biroq, 31 dekabrdan keyin "Barselona" hali ham Daniel Olmo va Pau Viktorni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi. Gap shundaki, Nike bilan tuzilgan shartnomadan keladigan yangi daromaddan klub atigi 11 million evrodan foydalana oladi, chunki mablag'ning katta qismi bu mavsum uchun byudjetga ajratilgan.
Olmo shu yozda Germaniyaning "Leyptsig" jamoasidan "Barselona"ga o'tgan edi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, transfer summasi 55 million evroni tashkil qilgan.
17-Noyabr 2024,13:10