Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman o'ziga «Barselona» klubi tomonidan qiziqish bo'layotgani haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.«Gollandiya terma jamoasi bilan amaldagi shartnomaga egaman. U yana 2 yil amalda bo'ladi va men «Barselona» haqida gapirishni yoqtirmayman. Turli sabablarga ko'ra bu noqulay. Mening ishim bor, bunday paytda boshqa ishga o'tish haqida gapirish to'g'ri emas. Hayotda yanada muhimroq narsalar bor, ammo hamma narsa ro'y berishi mumkin», — dedi Kuman ESPN nashriga bergan intervyusida.Avvalroq Ernesto Valvede mavsum so'ngida «Barselona»ni tark etishi, Kuman esa Evro-2020dan so'ng uning o'rnini egallashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Kataloniyaliklar Kuman shartnomani muddatidan avval bekor qilishi uchun Gollandiya futbol federatsiyasiga kompensatsiya to'lashga tayyorligi haqida ma'lumot berilgan edi.
6-Dekabr 2019,22:50