"Barselona" qoni "oqayotgan" “Selta”dagi murabbiylar
U jamoaga “Barselona”ga aloqador mutaxassislarni jamoaga olib kela boshladi.
Oskar Garsiya “Selta”ning yangi murabbiyiga aylandi. Uning tarixiga nazar tashlasak, “ko‘k-anorrangli” futbolka kiyganiga ham guvoh bo‘lamiz.
2006-yilda Karlos Mourino “Keltlar” prezidentiga aylandi. U hujumkor futbolni yaxshi ko‘radi. Lekin juda kuchli murabbiylarni jamoaga olib kelish uchun mablag‘ etarli emas. Shunda Mourino yo‘l topdi. U jamoaga “Barselona”ga aloqador mutaxassislarni jamoaga olib kela boshladi.
Bu natija berganmi? Har doim ham emas.
Xristo Stoichkov
Jamoada ishlagan yili:2007
Har bir o‘yinda o‘rtacha ochko: 1,38
“Selta”ga kelgunga qadar Stoichkov 3 yillik murabbiylik tajribasiga ega edi. Unga o‘zgacha hurmat bilan qarashgan, chunki u “Barselona”ning afsonasi edi.
Vigoda bolgariyalik murabbiy debyut o‘yinidayoq g‘alaba qozonib muxlislar ishonchiga kirdi. Derbida “Deportivo” mag‘lub etildi. Shundan keyin esa ketma-ket 5 ta mag‘lubiyatga uchradi. Hatto, mavsum yakunida segundaga tushib ketdi jamoa. Segundada Xristo oktabrgacha jamoani boshqardi. Keyin esa rahbariyat uni iste’foga chiqarishga majbur bo‘ldi.
Eusebio Sakristyan
Jamoada ishlagan yili: 2009-2010
Har bir o‘yinda o‘rtacha ochko: 1,27
2009-yil “Selta” Eusebio Sakristanni olib keldi. Ungacha hech qaerda murabbiy bo‘lib ishlamagandi Sakristyan. Lekin “Barsa” murabbiylar shtabida yordamchi murabbiy edi. Futbolchi sifatida esa “ko‘k-anorranglilar” safida 7 mavsum to‘p surgan.
Bu Sakristanning daxshatli murabbiylik starti edi. 16 ta o‘yinning faqat bittasidagina g‘alaba qozona oldi. Segundada bo‘lgan jamoa sal qoldi 3-divizionga yo‘l olishiga. Lekin Mourino unga imkon berdi va keyingi mavsumda murabbiy jamoani Segunda turnir jadvalining o‘rtasida saqlab qola oldi. Keyin esa shartnoma buzildi murabbiy va rahbariyat orasida.
Luis Enrike
Jamoada ishlagan yili:2013-2014
Har bir o‘yincha o‘rtacha ochko: 1,30
Enrike “Selta”gacha “Barselona B” va “Roma” jamoalarini boshqargan. Luis jamoaga o‘zgacha ruh olib kirdi. Bir g‘alaba qozongan jamoa, kelasi safar mag‘lubiyatga uchrardi. Muxlislar o‘yinga “validol ichib” kirishga majbur bo‘lishardi.
Lucho jamoasi bilan mavsumni 9-o‘rinda yakunladi. U muxlislarga yoqa boshlagan edi. Uni jamoada ko‘p yillar qolishini istashdi. Lekin “Barselona” bunga to‘sqinlik qildi. Sobiq futbolchisini “Nou Kamp”ga qaytarishga qaror qildi. Uning “Barsa”dagi faoliyati haqida bilasiz.
Xuan Karlos Unsue
Jamoada ishlagan yili: 2017-2018
Har bir o‘yincha o‘rtacha ochko:1,37
Unsuening Vigogacha bo‘lgan faoliyati davomida “Numansiya”, “Rasing” kabi jamoalarni boshqargan. Lekin u ko‘proq Luis enrikening yordamchisi sifatida mashhur bo‘ldi. Lucho bilan “Selta” va “Barselona”da birga ishlagan.
“Selta” bilan Unsue turnirni 13-o‘rinda yakunladi. Mavsum yakunida esa rahbariyat u bilan xayrlashdi.
Oskar Garsiya
Jamoada ishlagan yili: 2019-…
Har bir o‘yinda o‘rtacha ochko: …
“Barsa”ga aloqador murabbiylarning “Selta”ga olib kelinganlari ichida eng sovrindori Garsiya hisoblanadi. Oskar hisobida 5 ta sovrin bor: bittasini “Makkabi” bilan Isroilda qo‘lga kiritgan, 4 tasini Avstriyada “Red Bull” bilan qo‘lga kiritgan.
Oskar Kroyfning “Barsa”sida to‘p surgan futbolchilardan biri hisoblanadi. O‘shanda “Uchar golland” yoshlarga ko‘proq imkoniyat berardi. U yarim himoyachi pozitsiyasida to‘p surgan. Hozirda esa “Selta” bilan birga musobaqaning yuqori o‘rinlari uchun harakat qilyapti.
Stephan_El_Shaarawy
9-Dekabr 2019,10:26
9-Dekabr 2019,10:26
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30184/+24)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
15-Noyabr
13:42
09:20
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)