"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Benfika" bilan UEFA Chempionlar ligasining 7-tur uchrashuvi arafasida hozirda "Liverpul"ning o'yinidan qoyil qolganini aytdi.
– Brunu Laje ("Benfika" bosh murabbiyi) "Barselona"ni Chempionlar ligasining favoriti deb hisoblaydi.
- Uning haq yoki nohaqligini kelajak ko'rsatadi. Albatta, bu bizning maqsadlarimizdan biridir. Bu g'alaba qozonish uchun eng qiyin musobaqalardan biridir.
Men hozir "Liverpul"ni tomosha qilyapman va har bir o'yinda ular juda yaxshi o'ynaydi, ajoyib ish qiladi. Ayni damda ular mening sevimli jamoalarimdan biri" - dedi Flik.
6 turdan keyin "Liverpul" Chempionlar ligasining asosiy bosqichidagi 36 ishtirokchi ichida 6 ta o'yinda g'alaba qozongan yagona jamoa bo'ldi. "Mersisaydliklar" turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.
21-Yanvar 2025,22:50