"Barselona" Grinvud uchun kurashga kirishdi
"Marsel" vingeri Meyson Grinvud "Barselona" qiziqishini uyg'otdi.
Angliyalik futbolchi Frantsiyada muvaffaqiyatli mavsum o'tkazmoqda, shu sabab uning nomi Evropa grandlarining transfer maqsadlari orasida tobora ko'proq tilga olinmoqda. Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, kataloniyaliklar 23 yoshli futbolchi uchun "Bavariya" bilan raqobatlashadi. Kelishuv shu yilning yozida amalga oshishi mumkin.
Meyson Grinvud ushbu mavsum Liga 1da 22 o'yinda 14 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi Frantsiyaga o'tishdan oldin "Manchester Yunayted"ga tegishli bo'lgan va o'tgan mavsumni ijara asosida Ispaniyaning "Xetafe" jamoasida o'tkazgan.
Transfermarkt ekspertlari o'yinchining narxini 35 mln evroga baholamoqda.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (299/+0)
Yangiliklar (32508/+20)
UzFIFA Yangiliklari (19.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (19.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1750 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
13-Aprel
16:00
16-Aprel
17:20
17-Aprel
07:40
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)