"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Las-Palmas"ga (2:0) qarshi o'yindan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Kataloniyaliklar La Liganing shanba kungi o'yinida tanaffusdan keyin ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qilib, 3 ochkoni qo'lga kiritishdi. 62-daqiqada Dani Olmo gol urgan bo'lsa, hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Ferran Torres o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.
"Ikki gol farqi bilan g'alaba qozondik, ammo bu qiyin bo'ldi. Menimcha, bugun har bir futbolchi 5-10 foiz yaxshiroq o'ynashi mumkin edi. Bu bizning eng yaxshi o'yinimiz emas.
Bu o'yindan keyin o'zimni juda charchagan his qilyapman. Yaxshi o'ynamadik, juda qiyin bo'ldi. Ammo jamoa juda yaxshi himoyalandi, hamma o'yinga jalb qilindi, biz gol o'tkazib yubormadik", - dedi nemis mutaxassisi.
O'qildi: 125 - Fikirlar: 0