Kataloniyalik separatistlar "Barselona" – "Real" o'yini kuni namoyish o'tkazishni rejalashtirishyapti. Shu bois, "el-klasiko" yana qoldirilishi mumkin."Demokratik tsunami" tashkiloti 18 dekabr kuni norozilik aktsiyasini o'tkazishni rejalashtirayotganini e'lon qildi. Unda ishtirok etish uchun 18 ming nafar odam ro'yxatdan o'tdi.Ushbu aktsiya o'yindan 4 soat oldin "Kamp Nou" stadionining 4 tomonida boshlanishi mumkin. Natijada muxlislar stadionga kira olmay qolishi mumkin.Eslatib o'tamiz, "el-klasiko" 26 oktyabr kuniga rejalashtirilgan edi, ammo Kataloniya mamlakati mustaqillligi tarafdorlari ommaviy namoyishi tufayli uchrashuv 18 dekabrga ko'chirilgan edi."Barselona" va "Real" klublari 15ta o'yindan keyin 34tadan ochko jamg'arib, jadvalda peshqadam bo'lib turishibdi.