Braziliyalik futbol yulduzi Neymar ispaniyalik murabbiy Pep Gvardiola bilan o'rtasida bo'lib o'tgan qiziqarli voqeani eslatib o'tdi. "Pushkash" mukofotini yutganimdan keyin, tungi soat 2 da otam menga bir necha marta qo'ng'iroq qildi. Telefonni oldim, u esa eshikni ochishimni so'radi… Men faqat ich kiyimda edim. Eshikni ochsam, otam, Pep Gvardiola va tarjimon turgan edi!”"Pep menga: "Men seni qaerga borsam ham o'sha jamoaga olib ketmoqchiman. Seni dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylantirmoqchiman", dedi". "U menga bir qog'oz ko'rsatdi, noutbukini ochib, men maydonda qaerda o'ynashimni tushuntirib berdi… Pep hatto shunday dedi: "Agar sen bir mavsumda 60 ta gol ura olmasang, ismimni o'zgartiram"."Men esa: "Xo'p, lekin qaysi jamoa?’ deb so'radim. Pep: "Hali e'lon qilinmagani uchun ayta olmayman", dedi. Men uni ishontirdim va u: "Men "Bavariya" bilan shartnoma imzolayapman. Bu sovuq shahar, lekin men senga g'amxo'rlik qilaman", dedi". "Oxirida men "Barselona"ni tanladim".