Musiala "Barselona"ga o'tishni orzu qilmoqda

"Bavariya" yarim himoyachisi Jamal Musiala kelajakda faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. TEAMtalk nashrining xabariga ko'ra, germaniyalik futbolchining uzoq muddatli orzusi — "Barselona" safida to'p surishdir.
Agar "ko'k-anorranglilar" unga taklif bilan chiqishsa, xavbek Kataloniya klubiga o'tishga rozi bo'lardi.
Jamal Musiala 2019 yilda "Chelsi"dan "Bavariya"ga bor-yo'g'i 200 ming evro evaziga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Joriy mavsumda yarim himoyachi Myunxen klubi safida barcha musobaqalarda 11 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi jarohati sababli joriy mavsumning katta qismini o'tkazib yubordi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (320/+0)
Yangiliklar (37923/+12)
UzFIFA Yangiliklari (18.05.2026)
Futbol TV Yangiliklari (18.05.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1864)
Eng ko'p o'qilgan
16-May
19:00
14-May
20:40
12-May
18:00
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





751