"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yana bir bor vinger Lamin Yamalning golsizligi haqidagi savolga javob qaytardi.
Yakshanba kuni 17 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar"ga "Real Sosedad"ni yirik hisobda mag'lub etishga yordam berdi (4:0), ammo gollarning hech birida bevosita ishtirok etmadi. Vunderkind so'nggi besh o'yinda birorta ham gol ura olmadi, La Liga doirasida esa so'nggi bor oktyabr oyida Madridning "Real" klubiga qarshi kechgan bahsdan gol urgan edi.
"Yamal gol urishni istaydi, ammo biz uchun futbolchilarning so'nggi pasni bera olishi ham muhim. U har doim sheriklari uchun qulay vaziyatlar yaratishga harakat qiladi - u buni yaxshi uddalaydi. Ertami-kechmi Lamin gol uradi. Bu normal holat, u ko'p foydali ishlar qilmoqda. Oxir-oqibat, jamoa 4:0 hisobida g'alaba qozonsa, aynan kim gol urishi muhim emas. O'ylaymanki, hamma mamnun," - dedi Flik matbuot anjumanida.
O'qildi: 207 - Fikirlar: 0
O'qildi: 78 - Fikirlar: 0