«Liverpul», «Arsenal» va «Manchester Yunayted» klublari «Barselona»ning 28 yoshli yarim himoyachisi Rafinyani diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta braziliyalik futbolchining katta muxlisi hisoblanadi. Shunga qaramay, «Manchester Yunayted» va «Liverpul» moliyaviy jihatdan Rafinyani sotib olish uchun yaxshiroq imkoniyatga ega. Aynan shu klublar 28 yoshli vinger uchun «Barselona»ga manfaatli taklif berish mumkin.Joriy mavsumda Rafinya barcha musobaqalarda 40 ta o'yinda qatnashib, 25 ta gol urdi va 18 ta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha davom etadi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor bahosi 80 million evroni tashkil etadi.